“KASABA UYUSHMASI KUBOGI” o‘z egalariga topshirildi

2024 yil 28 avgust kuni Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami munosabati bilan bilan  “Bir bo‘lsak yagona –xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz” degan g’oya asosida  kasaba uyushma xodimlari o‘rtasida sportning kichik-futbol turi bo‘yicha “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi kubogi” sport musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi o‘rinbosari Murat Daniyarov ishtirok etib musobaqa ishtirokchilarini bugungi musobaqa bilan tabriklab, jamoalarga muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi o‘rinbosari Murat Daniyarov mazkur musobaqa mustaqilligimizninig 33 yillik shodiyonasiga bag’ishlangani, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik zamirida mustaqillik turganiyu, inson qadri ulug’lanayotganini alohida ta’kidladi.

Kun davomida qizg’in tarzda davom etgan sport musobaqada tajribali hakamlar hay’ati tomonidan g’olib jamoalar aniqlandi.

Bunda:

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami munosabati bilan “Bir bo‘lsak yagona –xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz” degan g’oya asosida  “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi kubogi” uchun kasaba uyushma xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan sportning kichik-futbol turi bo‘yicha sport musobaqasida 3-o‘rinni Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi tarmog’i jamoasi, 2-o‘rinni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasichning Qoraqalpog’iston Kengashi jamoasi, 1-o‘rinni Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tarmog’i jamoalari g’olib deb topildi

Jamoaviy hisobda g’olib bo‘lgan Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tarmog’i jamoasiga “Kasaba uyushmasi kubogi” tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha hamda g’olib jamoalarga diplom, shuningdek, qimmatbaho sovg’alar topshirildi.