O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston Ish beruvchilari konfederatsiyasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid 2023-2025 yillar uchun Bosh Jamoa Kelishuvning 99-, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi o‘rtasidagi 2023-2025 yillar uchun tuzilgan Hududiy Jamoa Kelishuvning 105-bandlariga muvofiq kasaba uyushmalari faollari, vazirliklar, idoralar, boshqarma vakillari bilan ”Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida davra suhbatin o‘tkazish belgilangan.
2024 yil 10 dekabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi majlislar zalida vazirliklar, idoralar, boshqarma vakillari bilan birgalikda ”Mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik masalalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatini O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi Ulug’bek Jalmenov ochib berdi.
Davra suhbatining o‘tkazilishi dasturi asosida Qoraqalpog’iston Respublikasi Kambag’allikni qisqarttirish va bandlik vazirligining mehnat huquq inspektori M.Qaljanovning “Mehnat sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi muammolar va echimlar”, Qoraqalpog’iston Respublikasi Iqsodiyot va moliya vazirligining ijtimoiy soxa iqsodiyoti va muassasalarni moliyaviy ta’minlash bo‘limi rahbari o‘rinbosari P.Allayarovning «Byudjet tashkilotlarida ish haqi, ijtimoiy himoya hamda mehnat muhofazasi ishlarini moliyalashtirish masalalari», O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi o‘rinbosari A.Amanbaevning “Tadbirkorlik subektlarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarin yaratish” haqidagi hisobotlari tinglandi.
Bunnan so‘ng kasaba uyushmalari faollari, muassasa va tashkilotlar xodimlarining bandlik, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy himoya, mehnat muhofazasi, ish haqi va nafaqalarning o‘z vaqtida to‘lanishi, xodimlarni bepul tibbiy ko‘riktan o‘tkazish, jamoatchilik transportlar, mehnat muhofazasi ishlarini moliyalashtirish va ta’lim tarmoqlarida berilgan savollarga tegishli vazirlik, boshqarma va tashkilotlarning vakillari o‘z javob tavsiyalarini berdi.
Shuningdek mehnat sohasidagi muhim ahamiyatga molik, hal etish lozim bo‘lgan alohida masalalar bo‘yicha tegishli vazirliklar, muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: