«Kasbim-faxrim» mavzusidagi kecha o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 martdagi PQ-167-sonli va 2023 yildagi 11 martdagi PQ-92-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi tomonidan «1 oktyabr – Xalqaro keksalar kuni» deb e’lon qilinganligi munosabati bilan hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi 816-sonli qaroriga muvofiq har yili oktyabr oyining birinchi haftasi «Keksalar haftaligi» sifatida keng nishonlanishi belgilangan.

Ushbu haftalikda faol ishtirok etish va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiya Kengashi Prezidiumining 2019 yil 4 oktyabrdagi «Keksalar avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faoliyatini amalga oshirishda kasaba uyushmalarining ishtiroki to‘g’risida»gi 16-14 «s»-sonli qarori asosida kasaba uyushmalari tomonidan joriy yilning 2-8 oktyabr kunlari «Keksalarga hurmat-yoshlarga ibrat» degan g’oya ostida «Keksalar haftaligi»da ishtirokini ta’minlash ish-rejalari ishlab chiqilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib joriy yilning 8 dekabr kuni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi kengashi tashabbusi bilan shahrimizdagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, bugungi kunda sharafli dam olishda o‘tirgan mehnat faxriylari ishtirokida «Kasbim-faxrim» mavzusida tadbir tashkil etildi.

O‘tkazilgan tadbiga, mehnat faxriylari O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, Qoraqalpog’iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi davlat unvonlari egasi – B.Sultanov, Qoraqalpog’iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi davlat unvoni egasi, Xalq ta’limi fidoyisi, O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishonlari egasi- A.Erimbetov, O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni egasi- A.Narimbetov, O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni egasi- X.Jaksimova, O‘zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni egasi, Qoraqalpog’istonga xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, III-darajali «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni sohibi – Q.Qalboevalar taklif etildi.

Tadbir davomida mehnat faxriylari o‘zlarining bosib o‘tgan mehnat yo‘llari, qiyinchiliklari va yutuqlari haqida so‘zlab, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, o‘qituvchilarga yaratilgan imkoniyatlar, ulardan foydalanib katta yutuqlarga erishayotgan o‘qituvchilar, kelajagimiz bo‘lgan yosh avlod tarbiyasidagi o‘qituvchilarimiz oldiga qo‘yilgan bugungi kunning vazifalariga keng to‘xtalib o‘tdilar.

O‘z navbatida maktab o‘qituvchilari tomonidan mehmonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, o‘zlariga hayot saboqlarini olishga muvaffaq bo‘ldi.

Tadbir davomida maktabning havaskorlar to‘garagi ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiq taqdim etildi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi kengashi tomonidan maktab kutubxonasiga kitoblar to‘plami, shuningdek, mehmonlarga esdalik sovg’alari topshirildi.

O‘tkazilgan tadbir ishtirokchilar hayotida unutilmas boy mazmunli taassurotlar qoldirib, qiziqarli va mazmunli o‘tdi.