O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi Ijroiya qo’mitasining 2022 yil 8 aprel kungi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va kasaba uyushmalarining sayyor qabulini o’tkazish to’g’risida»gi 7-7 sonli qarori asosida 2022 yil 22 aprel kuni Qonliko’l tumani 21-sonli maktab binosida sayyor qabul tashkil etildi.
Tumandagi turli hil tarmoqlardagi mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan mehnatkashlarning kasbiy manfaatlari bilan bog’liq bo’lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va bu borada ish natijadorligini oshirish maqsadida o’tkazilgan sayyor davomida mehnatkashlarning bugungi kundagi mavjud muammo va savollariga Kengash apparati mas’ul xodimlari tomonidan huquqiy tushintirishlar berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: