28 aprel kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan «28 aprel -Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni»ga bag’ishlangan «Mehnatni muhofaza qilishning yangi bosqichi: ish o‘rnida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli» mavzusida keng ko‘lamda Davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri o‘rinbosari J.Ixtiyarov, O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari B.Sultanov, QR Bandlik va kambag’allikni qisqartirish vazirligi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Qoraqalpog’iston hududiy bo‘limi, tibbiy-ijtimoiy ekspertizasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari hamda korxona, muassasa va tashkilot xodimlari ishtirok etdi.
Davra suhbatini o‘tkazishdan maqsad, mehnat muhofazasi sohasida sun’iy intellekt va raqamlashtirishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish bo‘lib, sun’iy intellekt bu inson mehnatini engillashtirish, samaradorlikni oshirish va yangi imkoniyatlar yaratishda muhim rol o‘ynaydi.
Sun’iy intellektdan tizimli ravishda foydalangan holda xodimlarga xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ularning mehnatini engillashtirish, ishlab chiqarish bilan bog’liq baxtsiz hodisalarning oldini olish kabi mehnatni muhofaza qilish sohasida va hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar bo‘yicha savol-javoblar va fikr almashishlarga boy tarzda o‘tkazildi.
Aslida insondagi buyuk intellekt mahsuli bo‘lgan sun’iy intellektdan mamlakatimizda ham foydalanilmoqda. Bunga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda sun’iy intellektdan foydalanilayotganini misol keltirish mumkin.
Aholiga onlayn xizmatlarni taqdim etish va 24/7 rejimida davlat xizmatlariga oid savollarga javob olish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.
Davra suhbati yakunida mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoaviy nazoratni tashkil etish bo‘yicha Respublika ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichida g’olib bo‘lganlar qimmatbaho sovg’alar va diplomlar bilan taqdirlandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: