Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari o’rtasida “Yangi O’zbekistonni o’zimiz, o’z qo’llarimiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostidagi respublika esselar tanlovining Qoraqalpog’iston Respublkasi bosqichi bo’lib o’tdi.
Qoraqalpog’iston Respublkasidagi 10 ta OTMda tanlovning fakultet hamda OTM bosqichlari o’tkazilib, 6 mingdan ortiq talaba ishtirok etdi. Talabalar o’tgan bosqichlarda “Biz kelajak bunyodkorimiz!” hamda “Yangi O’zbekiston – yangi maqsadlar” mavzularida esselar yozdilar.
Tanlovning bugun bo’lib o’tgan Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichida esa o’nta OTMning 30 nafar talabalari “Yangi O’zbekiston mening tasavvurimda” mavzusida esse yozish orqali talabalar ijodiy qobiliyatlarini sinovdan o’tkazdilar.
Tanlov jarayonini Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Ӯzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi mas’ullari kuzatib bordi.
Tanlov davom etmoqda…
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: