Яхши дам – меҳнатга ҳамдам!

Bojxona xodimlarining dam olish kunlarini maroqli va mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida bir guruh Qoraqalpog’istonlik bojxonachilarning oila a’zolari bilan “Qoraqalpog’iston san’at saroyi”da madaniy hordiq chiqarishlari Qoraqalpog’iston Respublikasi bojxona boshqarmasi kasaba uyushmasi tamonidan tashkillashtirildi.

Estradamiz yorqin vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan kontsert dasturiga Qoraqalpog’iston Respublikasi bojxona boshqarmasiga biriktirilgan Nukus shahridagi 31-sonli maktab o‘qituvchilari va “Yosh bojxonachilar” to‘garagi a’zolari ham taklif etildi.

Bojxona xodimlarining bu kabi madaniy tadbirlarga oila a’zolari bilan birga taklif etilishi ularning dam olish kunlarini oila davrasida mazmunli o‘tishiga va yangi haftada samarali ishlashiga zamin yaratadi. Zero, “Yaxshi dam – mehnatga hamdam!”