Qoraqalpog’iston Respublikasida fermer xo‘jaliklarining 103ta hududiy boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotlari raislariga o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 5-may kuni Amudaryo tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-oktyabrdagi uchrashuvida belgilangan vazifalar hamda “2026-yil – Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasida fermer xo‘jaliklarning 103ta hududiy boshlang’ich kasaba uyushmasi toshkilotlari raislariga hozirgi kunda ushbu tashkilotlar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, tashkiliy-me’yoriy ishlarini to‘g’ri tashkil etish va raislarga amaliy ko‘mak berish maqsadida o‘quv-seminar tashkil etildi.

Seminar davomida:

-kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish

-xodimlarning mehnat huquqlari va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilish

-tizimdagi islohotlar mazmuni bo‘yicha muhim va amaliy ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar Amudaryo tumani Choyko‘l OFYdagi “Do‘slik-To‘lqin” hududidagi boshlang’ich kasaba uyushmasi toshkiloti raisi xonasiga tashrif buyurib, ilg’or tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashib, kasaba uyushmalari faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Seminar yakunida ishtirokchilarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish institutining sertifikatlari topshirildi.