O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi kengashi tomonidan 2025 yil – “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” Davlat dasturining 6-bandida belgilangan vazifalarning bajarilishini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yilligi bayrami munosabati bilan Nukus shahrining chekka hududida joylashgan 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 75 nafar kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning farzandlari uchun o‘quv qurollari topshirildi.
Tadbirda shahar bo‘linma kengashi boshlig’i raisi M.Daulbaev qatnashib O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi hamda 2025-2026 o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan tabrikladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: