Bu kun butun dunyo bolalari uchun eng quvonchli bayramdir. Shubhasiz, bolalar bu dunyoning ajralmas qismi bo‘lib, ular o‘zlarining o‘yin-kulgilari bilan insonlar qalbida yashash va yaratishga bo‘lgan qiziqishni uyg’otadilar.
Dunyoda bolalarning kulgusi va shuqliklaridan ham zavqli narsa bo‘lmasa kerak. Ularning osmonimiz kabi qalblariga qaragan har bir inson turmush tashvishlarini unutadi. Chunki, farzandlarimizning baxtli onlarini xamisha ko‘rib yashash xar bir insonning hayotning mazmunini his qiladi.
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi rahbarlari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashihodimlari va faollari bilan Nukus shahridagi “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyalanuvchi bolalardanxabar olindi.
Tadbirda Qoraqalpog’iston RespublikasiVazirlar Kengashi raisi F.Ermanov hamda Senator, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov ishtirok etib, ushbu markazda tarbiyalanuvchi bolalarni bayram bilan tabriklab, ularga sovg’alar topshirdi.
Tadbir davomida markaz tarbiyalanuvchilari ijrosidagi raqs va ashulalari bilan davom etdi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan rejalashtirilgan tadbirlar Respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: