O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligiga sportning velosport shosse turidan musobaqa o‘tkazildi

O‘zbekiston velosport Federatsiyasi Qoraqalpog’iston bo‘limi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi bilan hamkorligida O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligiga bag’ishlab sportning velosport shosse turidan o‘tkazilgan mazkur velopoygada 104 nafar o‘g’il-qizlar o‘zaro bellashdi.

Tadbir tashkilotchilari mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi hamda sog’lom, etuk insonlar bo‘lib etishishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berilayotganini ta’kidladi. Aholi o‘rtasida sog’lom turmush tarzini tag’rib qilishda, farzandlarimizni sportga oshno qilib ulg’aytirishda bu kabi tadbirlar muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligiga bag’ishlab o‘tkazilgan mazkur musobaqa ishtirokchilar qalbida uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan g’oliblarga esdalik sovgalar topshirildi.