Har qanday jamiyatning ertangi taraqqiyoti o‘qituvchi va muallimning bugun qilayotgan mehnatiga bog’liq. Vatanimizning ertangi kuni, yosh avlodni tarbiyalash borasidagi ustoz – muallim faoliyati sabr – bardosh va matonat namunasi, desak aslo xato bo‘lmaydi. Chunki maktabga ilk bor qadam qo‘ygan go‘dakka birinchi harflarni o‘rgatishdan tortib uni el-yurt koriga yaraydigan etuk inson, o‘z kasbining ustasi bo‘lgan malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish oson ish emas. Bunga kunlar, oylar, yillar davomidagi fidokorona mehnat tufayligina erishi mumkin.
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi kasaba uyushma a’zolarining mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta’minlash, mehnat jamoalarida xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida kasaba uyushmalari tizimida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirmoqda.
Jumladan, joriy yilning 3 oktyabr kuni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan Qoraqalpog’iston Respublikasining Nukus shahrida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan tashkil etilgan “Ustozlar kasaba uyushmasi e’zozida!” mavzusidagi taqdirlash tadbiri o‘tkazildi. Qoraqalpog’iston Respublikasining barcha shahar va tumanlarining maktabgacha va maktab ta’limi, oliy ta’lim muassasalaridan pedagog-o‘qituvchilar va tarbiyachilar hamda tuman kasaba uyushmasi bo‘linmasi kengashlari, boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari, faollar, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar, xodimlar, ta’lim fidoyilari va mas’ullari ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Ravshan Bedilov ochib berdi va yurtimizda kechayotgan keng ko‘lamli islohotlarda ta’limning o‘rni va ahamiyati, soha xodimlariga berilayotgan imkoniyatlar to‘g’risida fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi hamda ishtirokchilarni 1 oktyabr– “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami bilan tabrikladi.
Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha Mas’ul tashkilotchisi Rustam Abduraxmonov bayram munosabati bilan tadbir ishtirokchilarini tabrikladi.
Shundan so‘ng, Respublikadagi ilg’or o‘qituvchilar va maktabgacha ta’lim tarbiyachilari, murabbiylar va texnik xodimlarning 40 nafari O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir davomida bir qator Ustoz va murabbiylar ularga ko‘rsatilayotgan hurmat va ehtirom hamda iliq munosabatdan juda minnatdor ekanliklari, bunday ko‘tarinki kayfiyat ularni yana ham shijoat bilan ishlashga undashi, yosh avlodga ta’lim berishda qo‘shimcha kuch-quvvat bag’ishlashini e’tirof etib o‘tdilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: