Kasaba uyushmasining xisobot-saylov yig’ilishi va jamoa shartnomasi imzolandi

2025 yil 3-fevral kuni Nukus shahar 1-sonli umumta’lim maktabida 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi hamda 2025 yil uchun jamoa shartnoma bandlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda hisobot saylovi yuzasidan yig’ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishga O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining bosh xisobchisi A.Asadov, Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘yicha ma’sul tashkilotchisi R.Abduraxmanov va Nukus shahar bo‘linmasi Kengashi raysis M.Daulbaevlar ishtirok etdi. Yig’ilishda maktab ma’muriyati va kasaba uyushmasi o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomasi bandlarining ijrosi bo‘yicha har ikki tomonning hisobotlari tinglandi. Yig’ilishda jamoa shartnomasi bandlarining 2024 yilda bajarilishi qanoatlantirarli deb qaror qabul qilindi.

Shundan so‘ng maktab kasaba uyushma qumatasining hisobot saylovi yuzasidan kun tartibidagi 2020 yil fevral oyidan 2025 yil fevral oyi oralig’ida bajarilgan ishlar bo‘yicha ish beruvchi va kasaba uyushmasi komiteti hisobotlari tinglandi va hisobot davrida kasaba uyushmasi tashkilotining erishgan natijalari, shu bilan bir qatorda faoliyatni tashkil etishda mavjud muammolar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar chuqur tahlil qilindi, kelgusidagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Shuningdek yig’ilishda boshlang’ich kasaba uyushmasi komiteti tarkibi va boshlang’ich tashkilot raisini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqilgandan keyin yig’ilish ishtirokchilari orasida kasaba uyushmalari faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qizg’in bahs munozaralar bo‘lib o‘tdi, xodimlarni qiziqtirgan savollarga ish beruvchi va kasaba uyushmasi faollari tomonidan javoblar berildi.