Joriy yilning 12 iyun kuni Qoraqalpog’iston tibbiyot instituti katta majlislar zalida O‘zbekiston Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘linmasining II hisobot-saylov konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferentsiya ishida O‘zbekiston Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi F.Xanapiyaev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Respublikasidagi vakili B.Sultonov, Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vaziri o‘rinbosari G.Abdisametova, taklif qilingan mehmonlar hamda delegatlar ishtirok etishdi.
Qonferentsiyada O‘zbekiston Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashining 2021 yil aprel’ – 2025 yil may oyi oralig’idagi faoliyati haqidagi ma’ruza tinglandi va muhokama qilindi hamda kengash faoliyati bir ovozdan “qoniqarli” deb baholandi, shuningdek, taftish komissiyasi hisoboti tasdiqlandi.
Hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g’risidagi Nizomning 3.3.22. bandiga muvofiq muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan O‘zbekiston Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raisi lavozimiga Baybosыnova Lizaxan Allambergenovna saylandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi hamda taftish komissiyasining tarkibi va taftish komissiyasi raisi saylandi.
Qonferentsiyada keyingi 5 yillikda O‘zbekiston Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘linmasining muhim ustuvor vazifalari belgilab olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: