Temurbeklar maktabi yoshlari bilan uchrashildi

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida “9-aprel — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi” munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi deputati U.A.Jalmenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sh.M. Ibragimov, Nukus tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi Q. Babanazarov hamda litsey o‘quvchilari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida bosh qonunimiz — Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning xalq manfaatlarini himoya qilishdagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, Konstitutsiya mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning mustahkam huquqiy asosi ekanligi, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolati ekani alohida ta’kidlandi.