Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2016 yil 22 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-410-sonli Qonuni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 24 dekabrda «Mehnatni muhofaza qilish sohasiga oid ayrim nizomlarni tasdiqlash to‘g’risida»gi 819-sonli qarori qabul qilingan edi.
Bugungi kunda ushbu Qonun va qarorlarning mazmun-mohiyatini targ’ib qilish, ta’lim muassasalarida mehnat muhofazasi sohasidagi ishlarni yanada jadallashtirish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan joriy yilning 10 aprel kuni «Ta’lim sohasida mehnat muhofazasiga oid muammolar» mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Ushbu o‘quv-seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi raisi U.Jalmenov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mehnatni muhofaza qilish sohasi bo‘yicha bosh mutaxassisi D.Samarbekov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspektsiyasi inspektori M.Seydullaev hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi Mehnat texnik inspektori B.Utepbergenovlar so‘zga chiqdi.

Ushbu o‘quv-seminarda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman (shahar) bo‘linma kengashi raislari, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limlarida mehnat muhofazasi bo‘yicha biriktirilgan mutaxassis, shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridagi mehnat muhofazasi xizmati bo‘limi mas’ul xodimlari, Nukus shahridagi ta’lim muassasalaridagi boshlang’ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari, mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillari ishtirok etdi.
Seminarni o‘tkazishdan maqsad ta’lim muassasalarida, Ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasida mehnat muhofazasiga oid muammolar, ularning echimlari, oldinda turgan vazifalar bo‘yicha keng tushunchalar berildi. Shuningdek, mehnat jamoalarida mehnat muhofazasi masalasida Ish beruvchining majburiyatlari, mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassis va vakillarning vazifalari yuzasidan ham ma’lumotlar berildi.
O‘quv-seminar yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.








Spelling error report
The following text will be sent to our editors: