Inson qadrini ulug’lash, mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Bu borada kasaba uyushmalari tizimi tomonidan qurilish sohasida mehnat qilayotgan xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlash, xavfsiz va sog’lom mehnat muhitini shakllantirish hamda bandlikni rasmiylashtirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Qurilish sohasida munosib, xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitlarini yaratish hamda bandlikni rasmiylashtirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Xususan, O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining mehnat muxofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi D.T.Xoshimova boshchiligida tarmoq kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘limi bo‘linmasi raisi G.T.Paluaniyazova ishtirokida Nukus shaxrida joylashgan «TUPROQQALA MAXSUS QURILISh» MChJ da o‘rganish ishlari tashkil etildi. Ma’suliyati cheklangan jamiyatida bugungi kunda rasman 74 nafar ishchilar mehnat qilishmoqda, shundan 4 nafari ayollarni tashkil qiladi. Jamiyat raxbari Melishov Aybek Abatovich. Jamiyat bugungi kunda Nukus shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog’iston filiali binosini yangidan ishlarini olib bormoqda.
O‘rganishlar davomida korxonada mehnat munosabatlarining qonunchilik talablari asosida yo‘lga qo‘yilganligi, xodimlar bilan mehnat shartnomalari rasmiylashtirilganligi, ish joylarida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi holati ko‘zdan kechirildi. Ishchilarning shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanganligi, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi hamda ijtimoiy-maishiy sharoitlar o‘rganildi. O‘rganish davomida ishchilar bilan suhbatlashildi va kasaba uyushmalari to‘g’risida ma’lumotlar berildi. O‘zlarini qiziqtirgan savolllarga javoblar berildi.
Shuningdek bu borada olib borilayotkan ishlar bo‘yicha Nukus shaxrida joylashgan «AJ Yatirim» MCHJ XK, KR yullardan muntazam foydalanish davlat muassasasi va Nukus TYFDM lar faoliyati ham o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida korxonada mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi, xodimlarning mehnat shartnomalari asosida ish bilan ta’minlanganligi, ish joylarida xavfsizlik texnikasi qoidalarining bajarilishi hamda shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanganlik holati tahlil qilindi. Shuningdek, xodimlar uchun yaratilgan ijtimoiy-maishiy sharoitlar, ish vaqti va dam olish vaqtiga oid talablarga amal qilinishiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, qurilish sohasida mehnat munosabatlarini qonuniy asosda tashkil etish hamda ishchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq sohada mehnat muhofazasi madaniyatini yanada yuksaltirish, xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilish va norasmiy bandlikning oldini olish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Qurilish sohasi yuqori mas’uliyat va alohida e’tibor talab etadigan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu bois ish joylarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish, mehnat muhofazasi bo‘yicha profilaktik tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish hamda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada kasaba uyushmalari tomonidan mehnat jamoalari bilan samarali muloqot olib borilib, ish beruvchilar bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash choralari ko‘rilmoqda.
Kasaba uyushmalari tomonidan mehnat jamoalari bilan doimiy muloqot o‘rnatish, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ish beruvchilar bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda sohada munosib mehnat tamoyillarini keng qaror toptirishga xizmat qiladi.







Spelling error report
The following text will be sent to our editors: