Bayram shodiyonalari davom etmoqda

Muhtaram Prezidentimiz tamonidan 2020 yil 23 noyabrdagi 648-sonli “O’zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi.

11-noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni” belgilashda O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmalari Qoraqalpog’iston Kengashi tamonidan “Yangi O’zbekstonda el aziz, inson aziz” shiori ostida shu yilning 7-8 noyabr kunlari Muynoq tumanida joylashgan “Aq keme” bolalar dam olish va sog’lomlashtirish oromgohida Qoraqalpog’iston kengashi apparati, tuman kengashlari, birlashgan va boshlang’ich kasaba uyushma raislari ishtirokida Qoraqalpog’iston Kengashining Ijroiya qo’mitasi majilisi, sport musobaqalari, Mo’ynoqtumaniga sayohatlar tashkil etilib tadbir ishtirokchilariga Kengash tamonidan bayram sovg’alari berilib madaniy tadbirlar o’tkazildi.

7-Noyabr kүni Yashil makon umumxalq aktsiyasi doirasida qatnashuvchilar Aq keme bolalar dam olish va sog’lomlashtirish oromgohi hududiga 148 ta mevali va 210 ta manzarali daraxtlar ekildi.

Tadbirlar ishtirokchilarini O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi raisi R.Madreimov Kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan tabrikladi.