“Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligiga va gigienasiga ta’siri”

2024 yilning 22 aprel kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federaciyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 28 aprel «Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni»ga bag’ishlangan “Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligiga va gigienasiga ta’siri” mavzusida chora-tadbirlar o‘tkazildi.

Xalqaro Mehnat Tashkilotining tashabbusi bilan 2003 yildan buyon dasturga aylanib har yili nishonlanib kelayotgan ushbu tadbirlar, dunyo jamoatchiligini dolzarb muammoga, yani ishlab chiqarish bilan bog’liq holda yuz berayotgan baxtsiz hodisalarni, hodimlar kasb kasalliklariga uchrashlarining oldini olish, iqlim o‘zgarishi tufayli ishlab chiqarish bilan bog’liq yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy holatlarning oldini olish va mehnatni muhofaza qilish masalalariga e’tiborni kuchaytirishga qaratib kelmoqda.

Bugungi kunda Xalqaro Mehnat Tashkiloti a’zo bo‘lgan har bir davlat “Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligiga va gigienasiga ta’sir” qilishinni alla qachon anglab etdi. Sababi ish joylaridagi yuqori temperatura yurak-qon tomiri va nafas olish tizimi kasalliklaridan o‘limga olib kelishi mumkin. Iqlim o‘zgarishi tufayli xodimlar issiqlik stressi, ishlab chiqarish bog’liq jarohatlar olishi hamda mehnat unumdorligining pasayib ketishi xavfiga duch kelishi mumkin. Bu, ayniqsa, ochiq havoda yoki issiq xonalarda faoliyat olib boruvchi mehnatkashlar uchun xavfli hisoblanadi.

Ish joylaridagi xavfsizlikga ega bo‘lgan mehnat sharoitlari bu – xavfsiz va sog’lom sharoitlaariga bo‘lgan huquq boshchiligi hamda xodimlar tomonidan qadirlaniwi va ularning rag’batlantirilishi.

Barcha tomonlarning mehnat xavfsizligi va gigienasini doimiy yaxshilashdagi ishtiroki – Iqlim o‘zgarishining mehnat xavfsizligigi va gigienasi yo‘lidagi samarali harakatini shakllantiradi.

Global rivojlanish protsessi zimmamizga yangi vazifalarni qo‘ymoqda.

Biz sog’lom muhitni yaratgan holda, xodimlar xavfsiz va qulay sharoitlarda mehnat qilishini maqsad qilganmiz.