A.S.Pushkin tavalludiga 224 yil

Nukus xalqaro aeroportida millatlararo totuvlik, bag’rikenglikni tadbiq etish maqsadida rus shoir va yozuvchisi A.S.Pushkin ijodiga bag’ishlangan ma’rifiy tadbir tashkil etildi. O’tkazilgan tadbirda respublika «Do’stlik uyi»dan rus milliy-madaniy markazi faollari, Nukus shahridagi «Temuriylar maktabi» o’quvchilari mehmon bo’lishdi.

Tadbirni aeroport ma’muriyati va kasaba uyushmasi nomidan R.X.Allaniyazov ochdi va olib bordi. Bundan so’ng madaniy markaz vakillari Pushkin ijodiga doir o’zlarining turli sahna ko’rinishlarini namoyish etib, uning sherlaridan parchalar o’qib berdi.

Tadbir so’ngida ikki tomon vakillari bir biriga o’z minnatdorchiligini bildirdi va uchrashuv kechasi kontsert dasturi bilan davom etdi.