Joriy yilning 28 fevral kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qarashli Respublika Bolalar kutubxonasi, Nukus shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi va O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘linmasi bilan hamkorlikda Respublika Bolalar kutubxonasi bazasida Nukus shahridagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida «KITOBXON XODIM» ko‘rik-tanlovining ikkinchi shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik-tanlovda ishtirokchilar o‘zbek, qoraqalpoq va jahon adabiyotlaridan o‘qigan kitoblari bo‘yicha o‘zlarining bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Tanlovning maqsadi ta’lim muassasalarida ishlovchi xodimlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini ortirish orqali ularning bilimi va dunyoqarashini boyitish, muassasalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, kitob o‘qishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Ko‘rik-tanlov yakunida g’oliblar diplom va esdalik sovg’alar bilan mukofotlandi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: