2024 yil 1 noyabr kuni Nukus davlat pedagogika instituti majlislar zalida O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi raisi, Senator Jalmenov Ulыkbek Abilaevichning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan yosh mutaxassislar, talabalar va kasaba uyushma faollari ishtirok etdilar.
11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bayrami arafasida tashkil etilgan mazkur tadbirda yoshlarga mamlakatimizda demokratik tamoyillar, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi, shuningdek fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g’risida batafsil tahliliy ma’lumotlar berildi.
Tadbirda mazkur yo‘nalishlardagi ishlar bilan birga bugungi kunda kasaba uyushmalari tizimini takomillashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, bu orqali mehnat kodeksi, jamoa kelishuvlari va shartnomalariga kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar xususida ham so‘z bordi.
Unda ta’kidlanganidek, Qoraqalpog’iston kasaba uyushmalari kengashi 318 218 nafar kasaba uyushmasi a’zosini birlashtirgan bo‘lib, shundan 30 yoshdan oshmagan yoshlar 107 530 nafarni tashkil etmoqda. (33,7%) Shundan 39 069 nafari yosh mehnatkashlar va 68 461 nafari talaba yoshlardan iborat.
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali shu yilning o‘zida tashkilotlardagi kasaba uyushmalari va ish beruvchilari mablag’lari xisobidan:
2 yoshdan 3 yoshgacha bola parvarishi uchun ta’tilda bo‘lgan 360 yosh onalarga 145,2 mln. so‘m moddiy yordam;
tarmoq korxonalarida kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan 2614 nafar oilalarning farzandlari uchun o‘quv qurollari, darsliklar xarid qilish xarajatlarini qisman qoplash uchun 299,5 mln. so‘m;
3340 kam tǝminlangan yosh oilalar vakillariga 1 mlrd 559 mln.so‘m moddiy yordam;
79 nafar oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan iqtidorli, kam ta’minlangan va chin etim talabalarga 327,5 mln.so‘m o‘quv shartnoma pullari qisman to‘lovini amalga oshirildi;
38 yosh oilalarga uy-joy qurish va mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilish uchun 203,7 mln.so‘m foizsiz ssuda ajratildi;
37 nafar yosh xodimlarga safarbarlik zahirasidagi harbiy xizmatga chaqirilishi munosabati bilan 158,8 mln.so‘m foizsiz ssudalar berilishiga erishildi.
Tadbir doirasida ta’lim olish bilan birga, jamoatchilik ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, har tomonlama namunali va iqtidorli, shuningdek, kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan va jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar kasaba uyushmalari tomonidan ta’sis etilgan stipendiyasi va resrublikamizning eng yaxshi sanatoriylariga bepul yo‘llanmalar bilan rag’batlantirildi.
Va shular qatorida bir qator yosh mehnatkashlarga kengashning “Faxriy yorliqlar”i topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: