Mamlakatimizda “11 noyabr – O‘zbekiston kasba uyushmalari kuni” 2021 yildan boshlab, xar yili keng nishonlanib kelinmoqda. Bayram tadbirlari barcha bug’indagi kasaba uyushmalari tashkilotlari mas’ulligida korxona, tashkilot va muassasalarda, shuningdek, korxona, tashkilotlarda, shuningdek, shahar, tuman va Respublika miqyosida o‘tkazilmoqda.
Bayram munosabati bilan O‘zbekiston kasba uyushmalari Federatsiyasi tizimida turli ko‘rik-tanlovlar g’oliblarini, xalol va fidokorona mehnati bilan yurt taraqqiyotiga, kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan turli soha xodimlarini e’zozlash va taqdirlash an’anaga aylangan.
11-noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 2024 jыl 1-10 noyabr kunlari oralig’ida «Inson qadri uchun, el yurt baxti uchun!» g’oyasini uzida mujassam etgan muruvvat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 6 noyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi hodimlari va faollari bilan Nukus shahridagi 10-sonli “Nurlы makan” maktab-internatidan xabar olindi.
Tadbirda Senator, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov ishtirok etib, ushbu maktab-internatida tarbiyalanuvchi bolalar va unda ishlovchi xodimlarning xol ahvoli, yashash tarzi bilan yaqindan tanishib ular bilan suhbatlashdi.
Maktab-internati 200 o‘ringa muljallangan bo‘lib, hozirgi kunda 250 o‘quvchi va 223 pedagog o‘qituvchilar faoliyat olib borilmoqda.
Maktab-internatida ishlovchi faol xodimlarga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi Fahriy yorlig’i hamda o‘quvchi bolalarga sovg’alar berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: