“Biz har yili bu kunni intiqlik, qalbimizda ajib iliqlik bilan kutamiz.Ushbu shukuhli ayyomda hammamiz bizni dunyoga ketlirgan, oq sut berib, mehr va tarbiya berib voyaga etkazgan buyuk ona siymosiga, mo‘’tabar ayol zotiga ta’zim qilamiz. Zero, inson qadrini ulug’lash avvalo aziz-u mukarrama ayollarimizni ulug’lashdan boshlanadi”,-deya ta’kidlagandi davlatimiz rahbari ayollarimizni ulug’lab, 2024 yilgi bayram tabrigida.
Darhaqiqat O‘zbekistonda ushbu maqsad yo‘lida ko‘pgina ishlar qilinayotir. Jumladan “O‘zbekiston-2030” startegiyasi doirasida xotin-qizlarning faoliyatini oshirish,onalik va bolalikni himoya qilish,gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni e’zozlash, shuningdek, barcha sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan va oilalar mustahkamligini ta’minlashda o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgan faol xotin-qizlarni rag’batlantirish, namunali kasbiy mahorati bilan boshqalarga ibrat bo‘lgan mehnat faxriylarini e’zozlash singari ishlarda kasaba uyushmalari bevosita ishtirok etib, xayrli tashabbuslarni amalga oshirishda davlatimizga kamarbasta bo‘lmoqda.
2025 yil 5 mart kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayolga ehtirom” mavzusida bayram kechasi o‘tkazildi.
Unda shahar va tumanlardan tashrif buyurgan onaxonlar, faol xotin-qizlar, turli vazirlik va idoralar vakillari qatnashdi.
Tadbirni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Qoraqalpog’iston kengashi raisi U.Jalmenov ochdi va tadbir ishtirokchilarini mazkur bayram bilan qizg’in qutladi. U.Jalmenov o‘z so‘zida Prezidentimiz Sh.Mirziyoev xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlashga oid yurtimizda amalga oshrilayotgan islohotlar, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishlari yuzasidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar va bu boradagi mislsiz imkoniyatlar samarasiga to‘xtalib, qaysi sohada bo‘lmasin ular o‘zlarining mehnatsevarligi, matonati bilan erkaklar bilan bir safda faoliyat yuritib kelayotgani xususida ta’kidladi. Shu bilan birga ayollar muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftari” yo‘lga qo‘yilgani va mazkur yo‘nalishda ayol-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatish bo‘yicha 1-5-bosqichlarida jami 192 ming 991 nafar xotin-qizlarga amaliy yordamlar ko‘rsatilgani, joriy yil 6-bosqichda xotin-qizlarning muammolari “mahallabay” o‘rganilib hududlarda olib borilgan xatlov jarayonlari haqida so‘z yuritdi.
Bayram kechasida Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida samarali mehnat qilayotgan, jamiyat hayotining barcha sohalaridagi fidoyi xotin-qizlar va mo‘’tabar onaxonlarimizdan bir guruhi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston kengashi tomonidan Faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida yangragan kuy-qo‘shiklar ishtirokchilarga chinakam bayramona kayfiyat ulashdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: