Joriy yil 24-27 may kunlari Toshkent shahrida esselar tanlavining Respublika bosqichi o’tkazilib, bunda barcha oliy ta’lim muassasalaridan jami 250 ming nafar talabalar orasidan 42 nafari «Yangi O’zbekistonni o’zimiz, o’z qo’llarimiz bilan bunyod etamiz!» mavzusida o’z ijodiy qobiliyatlarini yozma tarizda sinovdan o’tkazdi.
Tanlov natijasi bo’yicha Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 1-bosqich talabasi Gapparova Gulyor Ulug’bekovna birinchi o’rinni egalladi.
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan g’olibga 30 million so’m mukofat hamda uning ustoziga Pirnazarov Nurnazarga noutbuk topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: