2021 yil 2-dekabr kuni O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mudofaa vazirligi kengashi boshlig’i ko’rsatmasi asosida 21131 harbiy qism o’quv binosida ShG’HO Nukus garnizoni harbiy qism va muassasalarning QK ishchi va xizmatchilari hamda ishlayotgan harbiy pensionerlar ishtirokida seminar bo’lib o’tdi. Seminarda Qoraqalpog’iston Respublikasi kasaba uyushmalari byudjet tashkilotlar bilan ishlovchi, Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi boshlig’i o’rinbosari Muslima Atamuratova, bosh hisobchisi Gulbazar Elmuratova, shuningdek okrug tibbiyot xizmati boshlig’i p/p-k Q.Masharipov, ShG’HO Faxriylar ishlari bo’yicha kengash raisi zaxiradagi p/p-k A.Yusupov va QR veteranlar ishlari bo’yicha kengash raisi o’rinbosari zaxiradagi s-nt B.Kannazarovlar ishtirok etdi.
Seminarda ShGXO faxriylar ishlari bo’yicha kengash raisi zaxiradagi podpolkovnik A Yusupov so’zga chiqib Mudofaa Vazirligi tizimida mehnatni muhofaza qilish bo’yicha kasaba uyushmalarining o’rni haqida ta’kidlab, barchani yaqinlashib kelayotgan 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bilan tabrikladi.
Seminar davomida Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Kengashi boshlig’i o’rinbosari Muslima Atamuratova so’zga chiqib O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining funktsiya va vazifalari haqida hamda Federatsiya tomonidan olib borayotgan ishlar bo’yicha keng ma’lumot berib, QK ishchi va xizmatchilarini Kasaba uyushmasiga a’zo bo’lishga chaqirdi. So’z yakunida hammani 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bilan tabriklab, QK ishchi va xizmatchilariga ishlarida muvaffaqiyatlar tilab koldi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan barcha savollarga ma’ruzachilar tomonidan to’liq javoblar berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: