O’zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan aholining yordamga muhtoj qatlamlarini, imkoniyatlari cheklangan shaxslarni, ayniqsa, o’zgalar ko’magiga muhtoj yolg’iz keksalarni manzilli ijtimoiy muhofazasini ko’chaytirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
11-noyabr – O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 2022 jыl 2-15 noyabr kunlari oralig’ida «Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!» g’oyasini mujassam etgan muruvvat tadbirlari o’tkazilmoqda.
Joriy yilning 5 noyabr kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi hodimlari hamda faollari bilan Taxiatosh tumani “Bolalar uyi”dan xabar olindi.
Tadbirda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi Tashkiliy ishlar bo’limi mudiri G.Ilmuradova ishtirok etib, ushbu uyda yashovchilar bilan suhbatlashib ularning xol ahvoli, yashash tarzi bilan yaqindan tanishdi.
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan “Bolalar uyi”ga jami 3 mln. so’m homiylik yordamlari ko’rsatildi.
o’sib kelayotgan yosh avlodni himoya qilish zamirida hayotni, uning davomiyligini asrab-avaylash mohiyati yotadi. Ular to’g’risidagi har qanday g’amxo’rlik esa yurt ravnaqi uchun qo’yilayotgan mustahkam poydevor demakdir. Bugun ertamiz egalariga ko’rsatilayotgan e’tibor kelajakda ularning Vataniga sadoqatli, jismonan va ma’nan barkamol bo’lib etishishida muhim omil hisoblanadi.
Shu kabi tadbirlar O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasaruffidagi tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida tashkil etilmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: