“Sport – salomatlik garovi” shiori ostida spartakiada musobaqalari o’tkazildi

So’ngi yillari barcha sohalar singari tibbiyot sohasida ham O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6099 sonli Farmoni asosida xodimlar orasida sport musobaqalarini tashkil etish orqali ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va ommaviy sportga keng turda jalb etish orqali sog’lom turmush tarzi targ’iboti bo’yicha qatar tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tibbiyot sohasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida Spartakiada musobaqalarini muntazam ravishda tashkil etish va o’tkazish dasturga aylangan.

2022-yilning 21 may kuni Nukus Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi sport bazasida O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari xodimlari o’rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini targ’ib etish orqali xodimlar salomatligini mustahkamlash maqsadida sportning armrestling, shashka, stol tennisi, engil atletika, darts, arqon tortmoq turlari bo’yicha Spartakiada musobaqalari o’tkazildi.

Spartakiadani O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raisi Baybosыnova Lizaxan Allambergenovna ochib berdi va musobaqa ishtirokchilariga omadlar tiladi.

Spartakiada yakunida umumjamoa hisobida:

2-sonli Nukus tibbiyot kolleji – I o’rinni;

To’rtkul tibbiyot kolleji – II o’rinni;

Xo’jayli Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi – III o’rinni egalladilar.

Cpartakiadaning 1-,2-,3-o’rin g’oliblariga O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan tegishli darajadagi musobaqa kubogi, medallar, diplomlar hamda baholi sovg’alar tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, Spartakiada musobaqalarining «Eng yoshi katta ishtirokchi», «Eng yosh ishtirokchi», «Eng mohir havaskor ishtirokchi», «G’alabaga bo’lgan intilishi uchun» nominatsiyalari bo’yicha g’oliblari diplom va baholi sovg’alar bilan taqdirlandilar.