12-may – «Xalqaro hamshiralar kuni» bayrami munosabati bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi, O‘zbekiston Hamshiralar Assosatsiyasining Qoraqalpog’iston bo‘limi bilan birgalikda bayram tadbirlari o‘tkazildi.
Bayram tadbiriga Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi o‘rinbosari G.Abdisametova, O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi raisi L.Baybosыnova, O‘zbekiston Hamshiralar Assosatsiyasining Qoraqalpog’iston bo‘limi boshlig’i R.Mishenovalar ishtirok etdilar..
Tadbir davomida o‘rta tibbiyot xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimi” hamda tarmoq muassasalarida hamshiralik kasbida ishlovchi xodimlarning 7-10 yoshgacha bo‘lgan farzandlari ishtirokida o‘tkazilgan “Mening onam hamshira” rasmlar tanlovlarining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichining g’olimlari Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi bilan O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi birgalikdagi tegishli darajadagi diplomlari va sovg’alari bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, bir qator o‘rta tibbiyot xodimlariga “Vatan fidoyisi” va “Faxriy ustoz” kukrak nishonlari, shuningdek, «Patronaj doya – ayollar salomatligi tayanchi» ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichining g’oliblariga Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Hamshiralar Assosatsiyasining Qoraqalpog’iston bo‘limining birgalikdagi diplom va sovg’alari topshirildi.
Bayram tadbirlari madaniyat xodimlarining kontsert dasturi bilan davom ettirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: