2021-yilning 12-noyabr kuni Respublika bolalar ftiziatriya shifoxonasi sanatoriyasi majlislar zalida Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qorakalpog’iston Respublikasi Kengashining hamkorlikdagi «Tibbiyot xodimlari kuni» bayramiga bag’ishlangan tantanali kecha bo’lib o’tdi.
Kechani Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirining birinchi o’rinbosari Kamalov Qural Jalg’asbaevich ochti va olib bordi.
Bunnan so’ng O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raisi Baybosыnova Lizaxan Allambergenovna so’zga chiqib, barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladilar.
Tantanali kecha davomida tibbiyot sohasida samarali faoliyat yuritayotgan bir qator xodimlar Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qorakalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan tayorlangan «Faxriy yorlik»lar va baholi sovg’alar bilan mukofotlandilar.
Shuningdek, «Tibbiyot xodimlari kuni» bayrami munosabati bilan o’tkazilgan «Yilning eng yaxshi shifokori» ko’rik-tanlovining bir qator nominatsiyalari g’oliblari Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qorakalpog’iston Respublikasi Kengashi diplom va baholi sovg’alar topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: