“O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” sport musobaqalarning Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi

2026 yil 24-aprel kuni Nukus shahri 1-sonli sport maktabida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi xodimlar o‘rtasida “Sog’lom tanda – sifatli tibbiyot” shiori ostida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” sport musobaqalarning Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 67-maqsadida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanadiganlar sonini oshirish, tibbiyot muassasalari xodimlarini sport tadbirlariga keng jalb qilish, ular o‘rtasida musobaqalar tashkil qilish, xodimlarning jismoniy faolligi darajasini oshirish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Sag’liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan qo‘shma qaror asosida “Sog’lom tanda – sifatli tibbiyot” shiori ostida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” sport musobaqalarning Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Sport musobaqalari Nukus shahri 1-sonli sport maktabida, Qoraqalpoq davlat universiteti, Qoraqalpog’iston tibbiyot instituti hamda Yoshlar markazida  tashkil etildi.

Musobaqada, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Sport vaziri E.Qutibaev, Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vaziri o‘rinbosari T.Sarbaev, Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashi raisi L.Baybosinova, O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi vakillari, shuningdek tarmoq kasaba uyushmalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi raislari, ma’sul tashkilotchilar hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Musobaqaning quyi bosqichlarida 2 ming 174 nafardan ortiq sog’liqni saqlash xodimlarining ishtiroki ta’minlanib, g’olib bo‘lgan jamoalardan 493 nafar xodimlar sportning mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

Kun davomida sport musobaqalari qizg’in davom etib tajribali hakamlar hay’ati tomonidan g’olib jamoalar aniqlandi.

Jamoaviy hisobda g’olib bo‘lgan jamoaga “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” hamda 30 million so‘m pul mukofoti topshirildi.

Shuningdek, g’olib jamoaga hamda turli nominatsiya egalariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan diplom va sovg’alar topshirildi.