Bugungi kunda Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda xotin-qizlarga g’amxo’rlik qilish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning jamiyat hayotining barcha sohada o’z qobiliyatini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularni hunarmandchilik va tadbirkorlikga o’rgatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga yordam berish maqsadida “Ayollar daftari”ni tatbik etish, oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan qizlarning kontrakt to’lovlarini to’lash, fidoyi, iqtidorli qizlarning o’rnini munosib baholash kabi qator ishlar amalga oshirilayotgani opa-singillarga va dilbar qizlarimizga ko’rsatilayotgan alohida e’tibor va g’amxo’rlikning aniq namuna bo’lib topiladi.
Xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularni e’zozlash, barcha sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan hamda oilalar mustahkamligini ta’minlashda o’z hissasini qo’shayotgan faol xotin-qizlarni rag’batlantirish, namunali kasbiy mahorati bilan barchaga o’rnak bo’lgan mehnat faxriylarini sharaflash ishlarida kasaba uyushmalari da faol ishtirok etmoqda.
Jamoa kelishuvlari va shartnomalari orqali davlat dasturi asosida, “Kasaba uyushmalari-xotin qizlarga” aktsiyasi doirasida 4107 nafar xotin-qizlarga so’mlik sovg’alar topshirildi.
“O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi asosida Qoroqolpog’istondagi diqqatga sazavor joylarga 1 min 500dan ortiq, Samarqand, Buxora, Xiva shaharlariga 1 mingdan ortiq ishlovchi xotin-qizlarning sayoxatlari tashkil etildi.
2023 yil 5 mart kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Hayotning mazmunisiz aziz onalar” mavzusida bayram kechasi o’tkazildi.
Unda mamlakatimiz shahar va tumanlaridan kelgan onaxonlar, jamiyat hayotining barcha sohalarida faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar, turli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati va jamoat birlashmalari masalalari qo’mitasi raisi Qurbaniyazov Dauыtbay Qalbaevich, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o’rinbosari, Qoraqalpog’iston Kengashi raisi, senator U.A.Jalmenovlar ochib, Prezidentimiz Sh.Mirziyoev xotin-qizlarimizning salomatligini mustahkamlash, jamiyatda o’z o’rnini belgilashda tashabbuslari katta ahamiyatga ega ekanini, shu bilan birga, mamlakatimizda xotin-qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratilganligi ta’kidladi. Ular mehnatsevarligi, matonatliligi tufayli har qanday sohada erkaklar bilan qadomlari barobar xaqida gapirdi. Shu bilan birga ayollar muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftari” yo’lga qo’yilib va bu yo’nalishda ayol-qizlarning bantligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka urgatish, har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha 82 mingdan ziyod xotin-qizlarga, shu jumladan, 1-bosqichda 24 ming 511 nafar, 2-bosqichda 23 ming 966 nafar va 3-bosqichda 33 ming 762 nafar xotin-qizlarga amaliy yordamlar ko’rsatilganligi, shu bilan birga, Joriy yilda, xotin-qizlarning muammolari “mahallabay” o’rganilib 55 ming 021 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilib, ro’yxatlari shakllantirilganligi haqida aytdi.
Bayram kechasi davomida Vatanimizning rivojlanish yo’lida samarali mehnat qilayotgan, jamiyat hayotining barcha sohalaridagi fidoyi xotin-qizlar va nuroniy onalarimiz O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan Fahriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida kontsert dasturi barchaga hush kayfiyat bag’ishladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: