Joriy yilning 2 iyul sanasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi, Qoraqalpog’iston Respublikasi yoshlar ishlari boshqarmasi bilan birgalikda yoshlar uchun Kung’irot tumanida joylashgan «UZ-KOR GAS CHEMICAL» qo‘shma korxanasiga sayoxat tashkil etildi.
Ushbu korhona Markaziy Osiyodagi eng yirik va yetakchi polimer mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanib, unda 1500 ishchilar faoliyat olib bormoqda. Ularning 70 foyizi yoshlarni tashkil etadi.
Sayohat davomida yoshlar korhona faoliyati, unda mehnatkashlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, yoshlar korhona rahbariyati va ushbu korhonaning kasaba uyushmasi raisi bilan uchrashib, o‘z-aro fikr almashdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: