23-aprel kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston kasaba uyushmalariga 120 yil to‘lishini keng jamaotchilikka etkazish maqsadida Kengash majlislar zalida “O‘zbekiston uyushmalariga 120 yil: Yangi O‘zbekiston – yangi kasaba uyushmalari” nomli ilmiy-amaliy konferentsiya bo‘lib o‘tdi.
Konferentsiyani O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Qoraqalpog’iston Kengashi raisi Jalmenov Ulыqbek Abыlaevich kirish so‘z bilan ochib berdi.
“O‘zbekiston kasaba uyushmalarining tashkil qilinishi tarixi va Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari” to‘g’risida Kengash tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Ilmuradova Gulnara Reypnazarovna, “Qoraqalpog’iston kasaba uyushmalarining tashkil qilinish tarixi” to‘g’risida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali Muziqa va kasb-hunar fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Ilmiy tadqiqotchi Matjanbaev Allayar Jangabaevich, “Qo‘ng’irot xududiy temiryo‘lchilar kasaba uyushma tashkiloti” to‘g’risida Qo‘ng’irot xududiy temiryo‘lchilar kasaba uyushmasi komiteti raisi Embergenov Amir Umirbaevichlar bayonot o‘qidilar.
Konferentsiya ishiga Qoraqalpog’iston Respublikasi Joqarg’ы Kengesi Qo‘mita raisi o‘rinbosari Bayrыeva Almagul Kurbanovna va bir qator vazirlik, tashkilot rahbarlari, kasaba uyushma faollari, nuroniylar va ommaviy ahborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: