O’zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Ijroiya qo’mitasining 2021 yil 25 aprel kungi 2-27 son «Xotira va qadrlash kunini nishonlashda tarmoq kasaba uyushmasining ishtirokini ta’minlash to’g’risida» qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 6 may kuni O’zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar Kengashi tamonidan 9 may-Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayramini keng nishonlashda kasaba uyushmalarining faol ishtirokini ta’minlash, tarmoq kasaba uyushmasi tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylarga hurmat-ehtirom ko’rsatish, va hozirda nafaqada bo’lgan faxriylarga Nukus shahar Kengashi mablag’lari hisobidan 2 000 000 (ikki million) so’mdan moddiy yordam va sovg’alar toprshirildi. Faxriylarga tarmoq kasaba uyushmasi faoliyatining rivojlanishida munosib hissa qo’shganligi e’tirof etilib, ularga shaxsan tarmoq Respublika Kengashi raisi nomidan minnotdorchilik bildirildi.
Shuningdeg, shu kuni O’zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar Kengashi tasarrufidagi boshlang’ich kasaba uyushmalari raislari lavozimlarida mehnat qilgan ayni paytda nafaqada bo’lgan keksalar holidan xabar olinib ularga Nukus shahar kengashi tamonidan estalik sovg’alari topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: