«Nukus xalqaro aeroporti» MChJda bayram tadbiri o’tkazildi

1-dekabr Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Ushbu sana munosabati bilan «Nukus xalqaro aeroporti» MChJda bayram tadbiri o’tkazildi.

Bayram tadbiriga Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professori va dotsent o’qituvchilari kelib Qoraqalpoq tilining tarixi, rivojlanish bosqichlari, tadqiqot ishlari va boshqa ahamiyatli tomonlarini aytib o’tib, barchani bayram bilan tabrikladi.

Shuningdek, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining teatr jamoasi o’zining bayram kontsert dasturi bilan qatnashdi. Tadbirdan so’ng mehmonlar uchun aeroport bo’ylab ekskurtsiya tashkil qilindi va ularga esdalik sovg’alari, maqtov yorlig’i topshirildi.