Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!

O’zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan aholining yordamga muhtoj qatlamlarini, imkoniyatlari cheklangan shaxslarni, ayniqsa, o’zgalar ko’magiga muhtoj yolg’iz keksalarni manzilli ijtimoiy muhofazasini ko’chaytirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

11-noyabr – O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 2022 jыl 2-15 noyabr kunlari oralig’ida «Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!» g’oyasini mujassam etgan muruvvat tadbirlari o’tkazilmoqda.

Joriy yilning 4 noyabr kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi hodimlari, Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri jamoati hamda faollari bilan Nukus shahrida joylashgan ayollar uchun “Muruvvat uyi”dan xabar olindi.

Tadbirda Senator, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining o’rinbosari, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.A.Jalmenov ishtirok etib, ushbu uyda yashovchilar bilan suhbatlashdi hamda ularning xol ahvoli, yashash tarzi bilan yaqindan tanishdi.

Shu bilan birga, “Muruvvat uyi” yashovchilarining hunarmandchiligi va boshqa ko’rgazmalari tashkil etildi, shuningdek, havaskor yashovchilar ijrosidagi kontsert dasturi barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan “Muruvvat uyi”ga jami 20 mln so’m homiylik yordamlari ko’rsatildi.

Shu kabi tadbirlar O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasaruffidagi tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasining barcha viloyatlarida tashkil etilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning 5 noyabr kuni Chimboy tumanida joylashgan erkaklar uchun «Muruvvat uyi»da O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan «Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz!» g’oyasini mujassam etgan muruvvat tadbiri bo’lib o’tadi.