14 iyun «Butunjahon donorlar kuni»

14 iyun «Butunjahon donorlar kүni» bayrami munosabati bilan Nukus shahrida Respublika qon quyish stantsiyasida bayram tadbiri o’tkazilib, tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vaziri M.I.Kurbanov ishtirok etib, beg’araz donorlar Beruniy tuman tibbiyot birlashmasi shifokori, kasaba uyushmasi ko’mitasi raisi Qudoyberganov To’lqin Ibragimovich va Qoraqalpog’iston Respubliksi Favqulotda Vaziyatlar boshqarmasi mintaqaviy operatori feldsher qutqaro’vchisi Arziev Mamut Abatbaevichlarga «O’zbekiston Respublikasi faxriy donori ko’krak nishoni topshirildi.

Shuningdek, 14 iyun «Butunjahon donorlar kuni» bayrami munosabati bilan Respublika xalqining sog’ligini mustahkamlash, beg’araz donorlikni rivojlantirishdagi faol mehnatlari uchun bir qator xodimlar Qoraqalpog’iston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi va O’zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashining birgalikdagi «Fahriy yorlig’i» va qimmat baho sovg’alari bilan taqdirlandi.