Qoraqalpog’iston Respublikasida “Inson qadri uchun, el yurt baxti uchun” atamasida 11 noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni” belgilandi

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 23 noyabrda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-648-sonli «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘grisida»gi qonun qabul qilindi. O‘nga ko‘ra, 11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni deb belgilandi. Bu yangilik yurtimizdagi olti yarim milionndan ortiq kasaba uyushmalari a’zolari tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi.

Davlatimiz rahbarining nodavlat va notijorat tashkilotlarga, shu jumladan, Bosh qomusimizda jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etilgan kasaba uyushmalariga bo‘lgan e’tibori natijasida mamlakatimizda 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni sifatida keng nishonlab kelinmoqda.

11 noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni”ni belgilash doirasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan «Inson qadri uchun, el yurt baxti uchun!» g’oyasi doirasida shu yilning 7 noyabr kuni Qoraqalpog’iston davlat yosh tomoshabinlar teatrida respublika rahbarlari, mehnat fahriylari hamda kasaba uyushmalari faollari ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Senator, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi qo‘mita raislari hamda vazirlar ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 2024 yil ish rejasiga shuningdek, «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» chora tadbirlariga muvofiq kasaba uyushmalari Ustav talablaridan kelib chiqib amalga oshirilgan ishlar yuzasidan aytib o‘tildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi 145-son Qarori asosida xotin-qizlarning muammolari “mahallabay” o‘rganib chiqilib, “Ayollar daftari”ni shakllantirish bo‘yicha 452 ta fuqarolar yig’inlarida 2020-2024-yillarda 181 952 nafar xotin-qizlarga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi tomonidan 16 nafar mehnat fahriylari va kasaba uyushma faollari Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat mukofatlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, 11 noyabr – “Kasaba uyushmalari kuni”ni bayrami munosabati bilan yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hamda aholi turmush darajasini oshirishga, mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga hamda ularning salomatligini tiklashga, madaniyat va sportni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun bir qator faollar Fahriy yorliqlar hamda sovg’alar bilan taqdirlandi.

Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tyapti. Tinch elga bayramlar yarashadi. Mana, necha kundirki kasaba uyushmalari kuni respublikamiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda. Bunda albatta, muhtaram Prezidentimiz tashabbusining o‘rni alohida. Bugungi kunga kelib, kasaba uyushmalari tom ma’nodagi xalqning ishonchini qozonayotgan tizimga aylandi. Qolaversa, Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan odilona siyosat halqimizni rozi qilishdan iborat va bu siyosat o‘zini to‘la oqlamoqda, – deydi mehnat faxriysi X.Ermagambetov.

Tadbir san’atkorlar ijrosida kontsert dasturi bilan davom etti.