28 aprel «Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni»ga bag’ishlangan mavzusida mehnatni muhofaza qilish haftaligi davom etmoqda

Joriy yilning 28 aprel kuni, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi majlislar zalida 28 aprel «Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni»ga bag’ishlangan «Mehnat muhofazasining ijobiy madaniyatini birgalikda shakllantiramiz» mavzusida o’tkazildi.

Chora-tadbirlar O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashining sayi harakatlari bilan o’tkazilgan bo’lib, ushbu chora-tabdirlarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Nukus shahar tibbiy ijtimoiy ekspertiza, Oʼzagrosugʼurta AJ Qoraqalpog’iston Respublikasi filiali va Kengashga a’zo korxona, tashkilot hodimlari qatnashdi.

Chora-tadbirlarning ochilish marosimi 2022 yil 28 aprel kuni soat 10:00 da boshlangan bo’lib, chora-tadbir qatnashchilari mehnatni muhofaza qilish sohasida doimiy foydalaniladigan ko’rgazmali asbob-anjomlar bilan tanishib bo’lgandan so’ng, Kengashning majlislar zalida 28 aprel «Butun jahon mehnatni muhofaza qilish kuni»ga bag’ishlangan davra suhbatiga qatnashdi.

Davra suhbatining maqsadi, mehnatni muhofaza sohasida hodimlarga xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish, mehnatda mayib bo’lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqatini belgilash hamda mehnat muhofazasining ijobiy madaniyatini shakllantirish qabi dolzarb masalalar yuzasidan savol-javoblar va fikr almashuvlarga boy tarzda bo’lib o’tdi.

Davra suhbatining yakunida mehnat muhofazasi hamda xavfsizligi bo’yicha jamoatchilik nazoratini yuzasidan o’tkazilgan Respublika ko’rik-tanlovining g’oliblari qimmat baho sovg’alar hamda diplomlar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 28 aprel «Butun jahon mehnatni muhofaza qilish kuni»ga bag’ishlangan «Mehnat muhofazasining ijobiy madaniyatini birgalikda shakllantiramiz» mavzusidagi chora-tadbirlar haftaligi, joriy yilning 22 aprel kuni Qonliko’l tumanida, 25 aprel kuni Taxiatosh «IES» AJda, 26 aprel kuni «Qoraqalpoq Elektr tarmoqlari» AJda, 27 aprel kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida, «Qo’ng’irot Soda Zavodi» MChJda hamda 28 aprel kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashida o’tkazildi.