Og’ir atletika bo’yicha Qoraqalpog’iston chempionati o’tkazildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 fevraldagi O’zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishgi Olimpiya va Paralimpiya o’yinlariga muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to’g’risida PQ-127 sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi hamda O’zbekiston og’ir atletika federatsiyasining Qoraqalpog’iston bo’limi bilan birgalikda Qoraqalpog’iston Respublikasida iqtidorli sportchilarni O’zbekiston milliy terma jamoasiga etkazib berish maqsadida sport musobaqalarini birgalikda o’tkazib kelmoqdalar.

2022 yil 10-11 may kunlari Taxiatosh tumani pedagogika kolleji bazasida sportning og’ir atletika bo’yicha 2006-2012 yillar tug’ilgan bolalar-o’smirlar sport maktablari hamda ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktablari sportchilari o’rtasida Qoraqalpog’iston Respublikasi chempionatlari o’tkazildi. Musobaqalarda Beruniy, Amudaryo, Qorao’zak, Kegeyli, Taxiatosh, Bo’zatov, Taxtako’pir tumanlari va Nukus shahridan 160 ta ortiq o’smir o’g’il va qiz sportchilar ishtirok etishdi. Shulardan 30 ortig’i qizlar.

Musobaqa yakunida g’oliblar va 2 chi, 3 chi o’rinlarni olgan sovrindor bo’lgan sportchilar O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Musobaqa g’oliblari 25-28 may kunlari Nukus shahrida bo’lib o’tadigan 2006-2012 yillar tug’ilgan o’smir bolalar va qizlar o’rtasida bolalar-o’smirlar sport maktablari hamda ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktablari sportchilari o’rtasida O’zbekiston Respublikasi chempionatida qatnashish uchun yo’llanma oldi.