Nukus shahrida axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tanishuv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan tashkil etildi va yoshlarni zamonaviy IT imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishga qaratildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar Nukus shahrida joylashgan IT PARK faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ularga mazkur texnoparkda amalga oshirilayotgan loyihalar, startaplar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, rezidentlar uchun berilayotgan imtiyozlar hamda IT sohasida kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, yoshlar IT PARK infratuzilmasi, zamonaviy ofislar, o‘quv markazlari va inkubatsiya dasturlari bilan tanishib, sohada muvaffaqiyat qozonayotgan mutaxassislar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir ishtirokchilari bunday uchrashuvlar yoshlarning qiziqishlarini yanada oshirish, ularni kelajakda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishida muhim o‘rin tutishini ta’kidladilar.
Bunday amaliy tanishuv tadbirlari yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash hamda innovatsion fikrlashini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumot uchun: IT PARK — O‘zbekistonda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash va yosh mutaxassislar uchun keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan innovatsion maydon hisoblanadi.








Spelling error report
The following text will be sent to our editors: