Tibbiyot muassasalari xodimlarini jismoniy faolligini oshirish, salomatliklarini mustahkamlash, ular orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish va olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasы sog’liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi kengashining qo‘shma qarori asosida Qoraqalpog’iston Respublikasы hududiy bolalar tibbiy reabilitatsiya markazida tibbiyot muassasalari xodimlari orasida sportning mini-futbol, shashka, shaxmat va stol tennisi tүrlari bo‘yicha Spartakiada musobaqalarining Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.
Spartakiada musobaqalari yakunida sportning mini-futbol turi bo‘yicha:1 o‘rinni Chimboy tuman tibbiyot birlashmasi, II o‘rinni Kegayli tuman tibbiyot birlashmasi, III o‘rinni Shomanoy tuman tibbiyot birlashmasi komandalari egalladi.
Spartakiada g’oliblari O‘zbekiston sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan tegishli darajadagi diplom, medal va qimmat baho sovg’alari bilan taqdirlandi.
Spartakiada musobaqalarining har bir sport turi bo‘yicha g’oliblari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan final bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: