«1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» bayrami munosabati bilan «Mehr va e’tibor – har bir bola uchun» shiori ostida Nukus shahridagi 26-sonli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sana munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gafurova Gulchexra Gulomjonovna va Qoraqalpog’iston Kengashi raisi Qutlimuratova Dilyafuz Sultamuratovnalar ishtirok etib, ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni bayram munosabati bilan tabrikladi.
Tadbir ishtirokchilari farzandlarimizning har tomonlama bilimli, yurtimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shadigan farzandlar bo‘lib etishishlarini tilab, ularga omad tiladi.
Bayram munosabati bilan Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan tayyorlangan sovg’alar bayram ishtirokchilariga topshirildi.






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: