Bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar: ta’lim va biznes sari qadam

2026 yil 11 iyun kuni Nukus shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabida maktab bitiruvchilari uchun Markaziy Osiyoda yagona ta’lim muassasi xisoblangan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Feleratsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasi faoliyatining targ’ibot tadbiri, shuningdek «Yoshlar kuni» doirasida yoshlarga biznes rejalarni tuzish, grant va investitsiyalarni qanday jalb qilish mumkunligi bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston kasaba uyushmalari Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan Maktab bitiruvchilarini kelgusi ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat huquqiy savodxonligini oshirish hamda tadbirkorlikka qiziqishini rag’batlantirish maqsadida tashkil etildi.

Unda Akademiyaning xodimlar bo‘limi boshlig’i X.Bozorboev, Federatsiyaning Qoraqalpog’iston kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslaxatchisi N.Aliev va Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Erjanovalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida yaratilgan ta’lim imkoniyatlari, qabul jarayonlari, mutaxassislik yo‘nalishlari hamda bitiruvchilar uchun mavjud istiqbollar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida biznes rejalarni tuzish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar olib borildi. Uchrashuv ishtirokchilariga biznes g’oyani shakllantirish, uni rejalashtirish, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish va o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishning dastlabki bosqichlari haqida tavsiyalar berildi.

Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Mazkur uchrashuv yoshlarning ongli kasb tanlashi, munosib mehnatga tayyorgarligi hamda kelajakdagi shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga xizmat qiladi.