O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 2022 yil 16-18 noyabr kunlari Muynoq tumani “Oq kema” bolalar dam olish va sog’lomlashtirish oromgohida “Boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitasi faoliyatini ustav talablari asosida tashkil etish” mavzusidagi o’quv-seminari tashkil etildi.
O’quv-seminarda O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi To’rtko’l, Ellikqal’a va Beruniy tuman bo’linmasi tarkibidagi 46 nafar boshlang’ich kasaba uyushma faollari ishtirok etti.
O’quv-seminarda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VIII Qurultoyida qabul etilgan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi 2021-2025 yillarga mo’ljallangan strategik yo’nalishlaridan kelib chiqib, Federatsiyaga a’zo boshlang’ish kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini jonlashtirish va natiyjaliligini oshirish, barcha darajadagi kasaba uyushmalari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va kvalifikatsiyasini oshirish, shuningdek, kasaba uyushmasi etakchilarini, mutahassis va faollarini o’qitilishini yanada takomillashtirish buyicha kompleks tizimni rivojlantirish, kasaba uyushmasi va uning kengashlarining barcha sohadagi ishlarini kasaba uyushmasi a’zolari manfaatlarini himoya qilish hamda natiyjali tashkillashtirish, yaratish bo’yicha kompleksli chora-tadbirlarni amalga oshirish, mehnat munosabatlarini rivojlantirishda kasaba uyushmalari xizmatchilarining mehnat sohasida qonun bilan himoya qilinadigan xuquq va erkinliklarini, manfatlarini ta’minlash, bozor iqtisodiyoti davrida kasaba uyushmalarining asosiy faoliyat yo’nalishlari bo’yicha jamiyattagi ta’sirini kuchaytirish eng axamiyatli vazifalardan biri bo’lib topiladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshrishda, kasaba uyushma etakchisining vazifasi mehnatkashlarining manfaatlarini oldindan ko’ra bilib va maxalliy sharoitlarni xisobga olgan holda, ushbu manfaatni turmushga konkret singdirishni amalga oshirilishini kengaytirishdan iborat. Kasaba uyushma a’zosi, faoli, kasaba uyushmasi apparati xodimlari, kasaba uyushmasi etakchisi shunday ishni olib borish uchun ma’lum bir bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi zarur. Ayirim xolatlarda kasaba uyushma faollari sifatida faoliyati bo’yicha zarur bo’lgan bilimlar va amaliy ko’nikmalar yo’q ekanligi sababli muomolarning o’rin olish ehtimoli yuqori bo’lib kelmoqda.
O’quv-seminar davomida Kengash raisi U.Jalmenov kasaba uyushmasida faoliyat olib borish uchun mahsus bilim va kommunikativ xususiyatlarga ega bo’lish kerakligi to’g’risida kengroq to’qtalib o’tdi. Kasaba uyushmasi faoliyati, mehnat qonunchiligi, kasaba uyushma xuquqi, mehnatkashlarining manfaatlarini himoya qilish bo’yicha bir qancha ishlar tajriybalari, jamotchilik shartnomalar asosida korxonalardagi mehnat sharoitlarini yaxshilashda kasaba uyushmasi faollarining suhbatlar olib borish mahoratiga ega, gapga usta (orator), o’z xarakatlarini va ishlarini yaxshi tashkillashtirishi (organizator), konfliktli xolatlardan ko’rikmaydigan bo’lishi kerakligi, kasaba uyushmasi a’zolariga beriladigan qo’shimcha ijtimoiy kafilliklar bo’yicha qonunda belgilangan normalardan, imkoniyatlardan foydalanib, yuqori darajada belgilab olish va kasaba uyushmasi xodimlarining salohiyatini oshirish bo’yicha tushintirishlar berildi.
Shuningdek, oquv-seminar dasturiga asosan: O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tashkiliy ishlar bo’limi mudiri Gulnara Ilmuradova “Kasaba uyushma boshlang’ich tashkilotlari faoliyatini ustav talablari va normativ hujjatlar asosida tashkil etish, ishlarni rejalashtirish”, “Boshlang’ich tashkilotlarda o’z qarorlari, yuqori tashkilotlardan keluvchi hujjatlarni ijro etish bo’yicha monitoring olib borish” Kengash mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo’limi mudiri Polat Toremuratov “Mehnat sohasida ijtimoiy sherikchilik asoslari. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari”, “Xalqaro mehnat tashkilotining O’zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konventsiyalarini amalga oshirish masalalari”, Kengashning madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo’limi mudiri Gulmurat Tlepov “Mehnat jamoalarida madaniy-ma’rifiy va sport ishlarin tashkil etishning asosiy yo’nalishlari” mavzusida nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tkazildi.
O’quv-seminar yakunida ishtirokchilar o’zaro fikr almashishdi va o’quv-seminar yuzasidan anketa savollariga javoblar olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: