Yurtimizda mehnat ahlining haqiqiy bayrami — kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni yuksak shodu-xurramlik, ruhiy ko‘tarinkilik va iftixor bilan nishonlanmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2020 yilda qabul qilingan qonunga muvofiq, 11 noyabr — Kasaba uyushmalari kuni deya belgilangan bo‘lib, qariyb besh yildan buyon mazkur bayram yurtimizda keng nishonlanib, mehnat ahli qalbidan chuqur o‘rin oldi. U xalq mehri, minnatdorligi va mehnatkashlarga bo‘lgan hurmat ramziga aylandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan joriy yilning 7 noyabr kuni Qoraqalpoq davlat universitetida O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining
120 yilligi hamda “11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayramiga bag’ishlab kasaba uyushma xodimlari o‘rtasida sportning kichik-futbol turi bo‘yicha “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi kubogi” sport musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasichning Qoraqalpog’iston Kengashi raisi U.Jalmenov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasichning Qoraqalpog’iston Kengashi raisi o‘rinbosari M.Daniyarov ishtirok etib, musobaqa ishtirokchilarini qutlab, bajarayotgan sharafli ishlari bilan birgalikda ushbu sport musobaqasida faol ishtirok etayotganliklarini ta’kidlab, jamoalarga muvaffaqiyat tiladi.
Kun davomida qizg’in davom etgan sport musobaqada tajribali hakamlar hay’ati tomonidan g’olib jamoalar aniqlandi.
Bunda: “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi kubogi” uchun tashkil etilgan sport musobaqasida 3-o‘rinni O‘zbekiston Tadbirkorlik,biznes va xizmat ko‘rsatish sohaslari tarmog’i jamoasi, 2-o‘rinni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari tarmog’i jamoasi, 1-o‘rinni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati tarmog’i jamoalari g’olib deb topildi
Jamoaviy hisobda g’olib bo‘lgan O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati tarmog’i jamoasiga “Kasaba uyushmasi kubogi” hamda turli nominatsiyalar bo‘yicha hamda g’olib jamoalarga diplom va qimmatbaho sovg’alari ham topshirildi.







Spelling error report
The following text will be sent to our editors: