O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi majlislar zalida Sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tizimidagi boshlang’ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazishga bag’ishlangan seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri G.Ilmuradova O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Bosh Kengash majlisi qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g’risida Nizom» bilan belgilangan tartib asosida hisobot-saylov yig’ilishlari va konferentsiyalarini talab darajasida o‘tkazishning ahamiyati xususida, shuningdek, Federatsiya va tarmoq kasaba uyushmasi Ustavlari va me’yoriy hujjatlarga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishini ta’minlash, hisobot-saylov yig’ilishlarini o‘tkazish bilan bog’liq hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda to‘g’ri rasmiylashtirilishini ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tdi. Ya’ni, hisobot-saylov konferentsiyasiga tayorgarlik ko‘rish, hisobot-saylov yig’ilishni olib borishdan tortib, boshlang’ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi va tarkibini saylash, byulletenlarni to‘ldirish, sanoq komissiyasi va kotibiyatining ish jarayoni, yuqori tashkilot Konferentsiyasiga delegatlarni hamda taftish komissiyasi raisi va tarkibini saylashgacha bo‘lgan jarayonlar amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: