«Kasaba uyushmalari va ta’lim – kecha va bugun» mavzusida ochiq muloqot

Joriy yilning 4 noyabr kuni Qoraqalpoq davlat universiteti Madaniyat saroyida «Yangi O’zbekiston–yangi kasaba uyushmalari”, “Kasaba uyushmalari va ta’lim–kecha va bugun” mavzusida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Tadbirni Senator, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi  raisining urinbosari, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog’iston Kengashi raisi, Ulыqbek Abilaevich Jalmenov kirish so’z bilan ochdi va ta’lim tarmog’i xodimlari va barcha kasaba uyushma faollarini, xodimlarini «O’zbekiston kasaba uyushmalari kuni» bayrami bilan tabrikladi.

Shundan so’ng kasaba uyushmalari Gimni yangradi.

U.Jalmenov ma’ruzaga chiqib o’tkan bir yil ichida O’zbekiston kasaba uyushmalari, Qoraqalpog’iston kasaba uyushmalarining bajargan ishlariga keng to’xtab o’tdi.

Ma’ruzaga O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasirespublika kengashining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha ma’sul tashkilotchisi Rustam Abduraximovich Abduraxmanov chiqib, ta’lim o’tkan yil ichida soxasida  hokimiyat bilan birgalikda (QR xalq ta’lmim vazirligi, QR maktabgacha ta’lim vazirligi, joylardagi ta’lim bo’limlari bilan) bajarilgan ibratli ishlar, o’tkazilgan tadbirlarga keng to’xtab o’tdi va tadbir ishtiroqchilarini bayram bilan tabrikladi.

Navbatdagi «Mening Prezidentim» tanlovida O’zbekiston Respublikasida 2-o’rinni egallagan va Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Sarыbaeva Gulferuz chiqib, kasaba uyushmalarini ibratli ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi va tadbir ishtiroqchilarini bayram bilan tabrikladi.

Ta’lim kasaba uyushmalarida uzoq yillar xizmat qilgan pensioner, veteran xodimlarini bayram sovg’alari bilan taqdirlashg’a etib keldi. Tarmoqda faol xizmat ko’rsatayotgan boshlang’ich tashkilot raislariga O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining «Faxriy Yorlig’i» va sovg’alar topshirildi.

Tadbirning asosiy bo’limi savol-javroblarga etib keldi. Anjuman ishtiroqchilari o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi, takliflar bildirdi.

Anjuman so’ngida Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti xodimlari va talabalarining kontsert dasturlari bilan davom ettirildi.