Bugungi kunda Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda xotin-qizlarga g’amxo’rlik qilish, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning jamiyat hayotining barcha sohada o’z qobiliyatini namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularni hunarmandchilik va tadbirkorlikga o’rgatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga yordam berish maqsadida “Ayollar daftari”ni tatbik etish, oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan qizlarning kontrakt to’lovlarini to’lash, fidoyi, iqtidorli qizlarning o’rnini munosib baholash kabi qator ishlar amalga oshirilayotgani opa-singillarga va dilbar qizlarimizga ko’rsatilayotgan alohida e’tibor va g’amxo’rlikning aniq namuna bo’lib topiladi.
Xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularni e’zozlash, barcha sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan hamda oilalar mustahkamligini ta’minlashda o’z hissasini qo’shayotgan faol xotin-qizlarni rag’batlantirish, namunali kasbiy mahorati bilan barchaga o’rnak bo’lgan mehnat faxriylarini sharaflash ishlarida kasaba uyushmalari da faol ishtirok etmoqda.
Jamoa kelishuvlari va shartnomalari orqali davlat dasturi asosida, “Kasaba uyushmalari-xotin qizlarga” aktsiyasi doirasida 5149 nafar xotin-qizlarga so’mlik sovg’alar topshirildi, Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan kasaba uyushmalari tomonidan ish urinlari yaratishning manzilli dasturi asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj 26 nafar xotin qizlar uchun yangi ish urinlari yaratildi, Muynoq, Qung’irot, Qorao’zyak va Taxtako’pir tumanlarida tashkil etadigan 1 tadan engil konstruktsiyali “Ayollar go’zallik salonlari” tashkil etildi va 16 nafar ayol-qizlar ish bilan ta’minlandi.
Xotin-qizlar muammolarini o’rganish va hal etish, ularni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar dasturi asosida yangidan korxona tashkil etish orqali jami 36 ta loyixa moliyalashtirilib 425 nafar xotin qizlar doimiy ish bilan ta’minlandi.
O’y sharoitida daromad manbaiga ega bo’lishiga imkoniyat yaratish maqsadida, 228 nafar xotin qizlarga pech, 290 ta tikuv mashinalari, 110 nafariga issiqxonalar qurib berildi natijada 628 nafar xotin qizlarning o’y sharoitida bandligi ta’minlandi.
Shu bilan birga, 1852 nafar xotin-qizlar (shundan, 292 nafar bepul) sanatoriylarda sog’lomlashtirildi, “O’zbekiston bo’ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi asosida Qoroqolpog’istondagi diqqatga sazavor joylarga 5 minga yaqin, Samarqand, Buxora, Xiva shaharlariga 3 mingdan ortiq ishlovchi xotin-qizlarning sayoxatlari tashkil etildi,
“Ayollar spartakiada”si doirasida 762 sport musobaqalari tashkil etilib, ularda 25 ming 165 nafar xodimlar ishitrok etdi.
2022 yil 4 mart kuni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Hotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” mavzusida bayram kechasi o’tkazildi.
Unda mamlakatimiz shahar va tumanlaridan kelgan onaxonlar, jamiyat hayotining barcha sohalarida faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar, turli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o’rinbosari, Qoraqalpog’iston Kengashi raisi, senator U.A.Jalmenov ochib, o’z so’zida Prezidentimiz Sh.Mirziyoev xotin-qizlarimizning salomatligini mustahkamlash, jamiyatda o’z o’rnini belgilashda tashabbuslari katta ahamiyatga ega ekanini, shu bilan birga, mamlakatimizda xotin-qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratilganligi ta’kidladi. Ular mehnatsevarligi, matonatliligi tufayli har qanday sohada erkaklar bilan qadomlari barobar xaqida gapirdi. Shu bilan birga ayollar muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida “Ayollar daftari” yo’lga qo’yilib va bu yo’nalishda ayol-qizlarning bantligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka urgatish, har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha bir qancha choralar amalga oshirilib jami 48 477 nafar ayollarning muammolari hal etilganligi haqida aytdi.
Bayram kechasi davomida Vatanimizning rivojlanish yo’lida samarali mehnat qilayotgan, jamiyat hayotining barcha sohalaridagi fidoyi xotin-qizlar va nuroniy onalarimiz O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog’iston Kengashi tomonidan Fahriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida kontsert dasturi barchaga hush kayfiyat bag’ishladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: